Savdo stellaji sotuvchilari uchun

Xona o'lchamini kiriting. Stellajlarni ModulX teradi.

Menejeringiz mijozning do'koni uchun 2D reja, 3D ko'rinish, stellajlar ro'yxati va PDF'ni bir necha daqiqada tayyorlaydi. Mijozingizga shu kuni berasiz.

ModulX'ni KingRax menejerlari har kuni ishlatadi.

Namuna loyiha · ModulX ekrani
ModulX'dagi 10 × 7 m do'kon rejasi: devor bo'ylab, burchak va ikki tomonli stellajlar, kassa, eshik, o'lchamlar va yo'laklar
70 kv.m 39 ta stellaj Qoidalar bajarildi

Natija

Mijozingiz do'konini stellajlar o'rnatilmasdan oldin ko'radi

3D ko'rinish

Sakkizta tayyor ko'rinish: burchakdan, orqadan, olddan, yondan, yuqoridan, eshikdan, kassadan va ichkaridan. «Ko'rish» rejimida reja butun ekranni egallaydi — mijozga ko'rsatish uchun.

ModulX'dagi 3D tugmalari: 2D reja, 3D, Ko'rish, Burchakdan, Orqadan, Olddan, Yondan, Yuqoridan, Eshikdan, Kassadan, Ichkaridan

Mijozga havola

Do'kon egasi rejani tizimga kirmasdan, telefonida ko'radi: 2D, 3D va ro'yxat. Havola faqat ko'rish uchun; uni bekor qilish mumkin.

Mijoz telefonida 2D reja va stellajlar ro'yxati
Mijoz telefonida 3D: do'kon ichidan ko'rinish

PDF va Excel

PDF'da reja, stellajlar ro'yxati va uchta 3D rasm. Excel'da stellajlar ro'yxati.

PDF 1-bet: o'lchamli reja va stellajlar ro'yxati PDF 2-bet: uchta 3D ko'rinish

Qanday ishlaydi

Uch qadam — va reja tayyor

  1. 1

    O'lcham

    Xona shakli va o'lchamini kiritasiz, eshik, kassa va jihozlarni joyiga qo'yasiz.

  2. 2

    Terish

    ModulX stellajlarni qoidalar bo'yicha o'zi teradi. Kerak bo'lsa, menejer tuzatadi.

  3. 3

    Natija

    2D reja, 3D, ro'yxat, PDF va havola — mijozingizga shu kuni.

Besh qadamni rasmlar bilan ko'rish

Nega ModulX

Sotuvchi uchun to'rt foyda

  • Reja bir necha daqiqada

    Qog'ozda yoki chizma dasturida chizish sekin. ModulX'da xona o'lchami kiritilishi bilan stellajlar o'zi teriladi.

  • Qoidalar o'zi tekshiriladi

    Yo'lak eni do'kon maydoniga qarab tavsiya qilinadi, eshik oldi bo'sh qoladi. Yo'lak tor bo'lsa yoki kassa oldida joy kam bo'lsa, ModulX ogohlantiradi.

  • Mijoz do'konini oldindan ko'radi

    3D'da eshikdan, kassadan va ichkaridan ko'rinish bor. Havolani mijozga yuborasiz — u rejani telefonida aylantirib ko'radi.

  • Butun jamoa bir joyda

    Loyihalar hamma menejerlar uchun umumiy va o'zi saqlanadi. Tayyor reja qulflanadi, o'chirilgani tiklanadi.

Barcha imkoniyatlar

Qurilmalar

Ofisda kompyuterda, mijoz oldida telefonda

ModulX brauzerda ishlaydi: o'rnatish shart emas.

  • Kompyuter, planshet va smartfon brauzerida
  • Yorug' va qorong'i mavzu
  • Har qurilmadagi kirishlarni ko'rish va boshqarish
ModulX qorong'i mavzuda: reja, asboblar paneli va natijalar

Kimlar uchun

Stellaj sotadigan va do'kon jihozlaydigan kompaniyalarga

  • Savdo stellaji sotuvchilari va importchilar

    Reja, ro'yxat va PDF bir necha daqiqada tayyor — mijozingizga shu kuni berasiz.

  • Stellaj ishlab chiqaruvchilar

    Sotuv bo'limi tezroq ishlaydi; mijozga do'konini 3D'da ko'rsatasiz.

  • Do'kon jihozlovchi firmalar

    Mijozga 3D ko'rsatasiz va rejani shu kuni berasiz.

Mijozingizga rejani shu kuni bering

Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.

Demo so'rash